“MY5” telekanali orqali namoyish etilayotgan “Muhabbat tafti” seriali bosh qahramoni Arnavni gavdalantirgan hind aktyori Barun Sobtining Toshkentga kelganidan xabaringiz bor.
Kuni kecha aktyor Sharof Sharapovning Instagram`dagi sahifasida paydo bo`lgan surat e`tiborimizni tortdi. Mazkur suratda aktyor va Barun Sobtining bir xil libosda ekanligini ko`rish mumkin. Sharof Sharapov mazkur surat bilan nima demoqchi bo`lganiga aniqlik kiritmagan. Biroq aktyorning suratga qoldirilgan so`roq belgisidan hind milliy libosi kimga ko`proq yarashganini so`rayotgandek ma`no uqdik.

Internet foydalanuvchilarining aksariyati hindcha kiyimning Barunga emas, ko`proq Sharofga yarashganini ta`kidlamoqda.
AMERIKALIK QIZ DISNEYLENDGA 22 YIL AVVAL SOTIB OLINGAN ChIPTA BILAN KIRDIhttps://t.co/BB21CnlXLh pic.twitter.com/kJPGWE8VqE
— DARAKCHI.UZ (@darakchi_news) 23 maya 2016 g.





