Huquq-tartibot idorasi xodimlari Moskva shimolida qalbaki pullarni ishlab chiqarishda gumon qilingan odamni qo`lga oldi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.
“Golovinsk shossesida joylashgan valyuta ayirboshlash shaxobchasida jinoyatchi qalbaki 5 ming rublni almashtirgan. Uning avtomashinasi tintuv qilinganda u erdan qalbaki 5 ming rubllik kupyuralar va 100 AQSh dollari, jami 1 million rubllik qalbaki pullar topilgan”, deb ma`lumot berdi Rossiya IIV matbuot xizmati bosh boshqarmasi rahbari Sofya Xotina.
Jinoyatni amalga oshirgan 47 yoshli erkak, 8 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin





