Ilk marotaba Parijning Eyfel minorasida yashashga ruxsat berildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.
Parijning diqqatga sazovor, mashhur Eyfel minorasida Fransiyada iyun oyida o`tkaziladigan futbol bo`yicha Evropa chempionati vaqtida ilk marotaba yashashga ruxsat beriladi. HomeAway kompaniyasi uning birinchi qavatini dang`illama uyga aylantirishga kirishdi. Bu erda 19 may kuni start olgan tanlovning to`rt g`olibi yashaydi.
Uy derazasidan Parijning eng go`zal manzaralari — G`alaba arki, Sakre-Kyor me`moriy yodgorligi va Sena daryosi ko`rinib turadi.
HomeAway kompaniyasi rahbari Brayan Sharplz bu aksiyani “misli ko`rilmagan hodisa” deb atadi. Bu erda yashagan insonlar ancha vaqtgacha uni yoqimli xotira sifatida unutmaydilar deb ta`kidladi.
Eyfel minorasi TripAdvisor sayyohlik portalining bergan ma`lumotiga ko`ra, dunyoning 12 ta diqqatga sazovor joylari ro`yxatiga kiritilgan.





