Londonning “Chelsi” klubi sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino “Manchester Yunayted” vakillari bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.
So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, ayni vaqtda asosiy masala klub transfer siyosatida bo`lib turibdi. Murabbiy futbolchilarni sotib olish yoki sotish masalasida qaror qabul qilish huquqini qo`lga kiritishni istamoqda. Agar uning talabi qondirilsa, u mankunianlarni boshqarishga qarshi bo`lmaydi.
Eslatib o`tamiz, avvalroq tomonlar o`zaro og`zaki kelishgan holda 3 yillik shartnoma imzolashi haqida xabar berilgandi.





