Vazni 15,38 karat bo`lgan pushti rang brilliant rekord summaga 31,5 million dollarga sotildi. Bu haqda Jenevadagi Sotheby's auksionida xabar berishdi.
"Bu yangi dunyo rekordi… Bu pushti rang brilliant uchun to`langan eng yuqori narx", — deydi auksion tashkilotchisi Devid Bennet.
Brilliant Osiyo fuqarosi tomonidan sotib olingan.
Sotheby's avvalroq brilliantni 28-38 million dollarga baholagandi.
Brilliant besh yil oldin Janubiy Afrikadan topilgan.





