"Valensiya" safida ijara asosida harakat qilayotgan "Real" xavbeki Denis Cherieshev jarrohlik amaliyotini o`tkazdi.
Bir necha kun muqaddam futbolchining chap oyoq sonida tendinit paydo bo`lgan ma`lum bo`lgandi.
"Barchasi yaxshi o`tdi. Hozir tiklanish haqida o`ylayapman. Meni qo`llab-quvvatlagan barchaga katta rahmat. Doktor Oravaga alohida minnatdorchilik bildiraman, - dedi Cherishev.
Futbolchining tiklanishi uchun kamida to`rt oy kerak bo`ladi. U Fransiyada bo`lib o`tadigan Evro-2016 turnirini o`tkazib yuborishi avvalroq ma`lum bo`lgandi.





