Fransiyaning PSJ jamoasi “Real” yarim himoyachisi Xames Rodrigesga qiziqish bildirmoqda, deya xabar bermoqda AS.
Ma`lumotlarga ko`ra, parijliklar kolumbiyalik futbolchi uchun 80 mln evro to`lashga tayyor ekanini bildirdi. Joiz bo`lsa, PSJ Xames uchun 100 mln evrodan ham voz kechishi mumkin.
Kolumbiya terma jamoasi a`zosining ayni damda Zinedin Zidan bilan munosabati yaxshi emas. Shu sababli, u Fransiya chempionatiga o`tib ketishi mumin.
Joriy mavsumda 24 yoshli futbolchi La Liganing 26 o`yinida maydonga tushib, 7 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.





