Angliya chempionatining 38-turidan o`rin olgan “Manchester Yunayted” – “Bornmut” uchrashuvi “Old Trafford” stadionining sektorlaridan birida topilgan shubhali paket tufayli bekor qilindi.
Polisiya xodimlari stadionni ko`zdan kechirib, muxlislarni evakuasiya qildi. Topilgan ob`ekt hech qanday xavf olib kelmasligi ma`lum bo`ldi.
Kecha, 15 may kuni Toshkent vaqti bilan 19:00 da bo`lib o`tishi kerak bo`lgan uchrashuv 17 may kuniga qoldirildi.





