Ispaniya chempioniga aylangan “Barselona” jamoasining hujumchisi Luis Suares joriy mavsumda La Liganing 35 o`yinida jami 40 ta gol kiritishga muvaffaq bo`ldi.
Ushbu natija bilan urugvaylik futbolchi top-5 chempionatlari orasida eng yaxshi ko`rsatkichni qayd etdi.
Italiya chempionatida Gonsalo Iguain 36 ta, Primerada Ronaldu 35 ta gol kiritib, tegishli ravishda ikkinchi va uchinchi o`rinlarni egalladi.
Urugvaylik futbolchi joriy mavsumning oltin butsasiga egalik qiladi.





