Buxoro viloyati Kogon tuman IIBga Dexmirzayon qishlog`ida joylashgan avtomashinalarni yuvish shahobchasidan shu tumanda yashovchi 48 yoshli fuqaroga tegishli "Kerxer" rusumli avtomashina yuvish apparati o`g`irlab ketganligi haqida xabar kelib tushgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan edi. Voqea joyiga etib kelgan ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni sodir etgan 23 yoshli fuqaro qo`lga olindi.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati.





