Katta qiziqish bilan kutilayotgan mega blokbaster «Oyqiz ertagi» filmining premera sanalari aniq bo`ldi.
17 may kuni soat 14:00 da Alisher Navoiy nomli kino saroyida filmning yopiq taqdimoti bo`lib o`tadi...
Yopiq premerada faqatgina OAV hamda san`at namoyondalari ishtirok etishadi. 19 may kuni soat 17:00 da Kinochilar uyida, 18:00 da esa Alisher Navoiy nomli kino saroyda keng jamoatchilik ishtirokidagi premerasi bo`lib o`tadi.
20 maydan e`tiboran filmni yurtimizning barcha kinoteatrlaridan tomosha qilishingiz mumkin.
Eslatib o`tamiz, byudjeti 1,6 mlrd so`mni tashkil qilgan «Oyqiz ertagi» filmi rejissyor Akbar Bekturdiev tomonidan suratga olingan.





