AsosiySport

Joze Mourino yaqin soatlarda “Manchester Yunayted” bosh murabbiyiga aylanadi

“Chelsi” jamoasining sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino yaqin soatlar ichida “Manchester Yunayted” jamoasini o`z boshqaruviga olishi kutilmoqda. Bu haqda Daily Star nashri xabar berdi

Manbaning ta`kidlashicha, portugaliyalik mutaxassis yaqin soatlar ichida mankunianliklar bilan shartnoma imzolaydi. Amaldagi bosh murabbiy Lui van Gal esa iste`foga chiqariladi. 

Joriy mavsumda Lui van Gal jamoasi Angliya Kubogi finalida ishtirok etish huquqini qo`lga kiritdi. “MYu” ayni vaqtda Angliya chempionatining 5-pog`onasida bormoqda.

Boshqa yangiliklar