AsosiyDunyo

Takroriy doping testi ijobiy chiqqan Lukas Braun chempionlik kamaridan mahrum etildi

Professional boksning superog`ir vazn toifasida WBA (Regular) yo`nalishi chempioni avstraliyalik 37 yoshli Lukas Braun chempionlik kamaridan mahrum qilindi. Doping uchun takroriy test topshirgan Braunning qon tarkibida taqiqlangan klenbuterol moddasi borligi aniqlangan, deb yozadi “Olamsport” nashri.

Eslatib o`tamiz, Lukas Braun 5 mart kuni Grozniy shahrida hamyurtimiz Ruslan Chagaevni 10-raundda texnik nokautga uchratib, chempionlik kamarini qo`lga kiritgan edi. Butunjahon boks assosiasiyasi (WBA) mavjud qoidalarga ko`ra avstraliyalik bokschini olti oyga boksdan chetlatdi. 

Shuningdek, chempionlik kamaridan ham mahrum qildi. Hozircha chempionlik unvoni Ruslan Chagaevga qaytariladimi, yo`qmi, bunisi ma`lum emas. Boisi, ayrim manbalarda Chagaev faoliyatini yakunlashi haqida ma`lumotlar berilgandi. Endi Ruslan 120 kun ichida Fres Okendo bilan chempionlik jangi yuzasidan kelishib olishi kerak bo`ladi.

Boshqa yangiliklar