AsosiyShou-biznes

TOP 5: O`zbekistondagi eng qimmat boshlovchilar

Dilnoza Kubaeva, Dildora Rustamova va Rayhon Ulasenova to`yga qanchaga chiqadi?

O`zbek xalqi azaldan orzu-havasli xalq hisoblanadi. Har bir ota-ona farzandining baxt to`yini mukammal darajada tashkillashtirishga, uni bekam-u ko`st o`tkazishga harakat qiladi. Har kim o`z imkoniyati darajasidan kelib chiqib, to`yiga taniqli xonandalar va mashhur boshlovchilarni taklif etadi.  

“Bekajon” gazetasi to`y va turli tadbirlarni tashkil etish bilan shug`ullanuvchi tashkilotlar bilan bog`lanib, hozirgi kunda eng talabgir boshlovchilar to`yga qancha bilan chiqishini aniqladi va ularning xizmat haqi qimmatligi nuqtai nazaridan reyting tuzdi. 

5-o`rin
Nilufar Sotiboldieva

“MY5” telekanali boshlovchisi Nilufar Sotiboldieva yaxshi kunlaringizda eng kamida 400$ dollar evaziga xizmat ko`rsatadi. 

4-o`rin
Rayhon Ulasenova

“O`zbekiston” telekanalining “Oydin hayot” ko`rsatuvi boshlovchisi va mahoratli aktrisa Rayhon Ulasenovani to`y va boshqa tadbirlarda ham tez-tez uchratamiz. Uning xizmat haqi esa 300-400$.

3-o`rin
Nigora Karimboeva 

Asosan, “Sardor” teleseriali orqali kinoixlosmandlarga yaxshi tanish bo`lgan serqirra ijodkor Nigora Karimboeva ham o`zining yaxshi boshlovchi ekanligini “O`zbekiston” telekanalidagi “O`zingni angla” tok-shousi orqali namoyish etmoqda. To`ylarda ham rus, ham o`zbek tillarida birdek boshlovchilik qiladigan aktrisaning xizmat haqi esa 200-500$ni tashkil etadi. 

2-o`rin
Dildora Rustamova

O`zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining mahoratli suxandoni Dildora Rustamova dublyajda ham samarali ijod qilayotgan mutaxasislardan biri. Suxandon to`y tantanalarini 200-700$ evaziga olib boradi.

1-o`rin
Dilnoza Kubaeva

Mahoratli aktrisa Dilnoza Kubaeva “eng qimmat” boshlovchilar reytingida birinchi o`rinni zabt etdi. Nashrning yozishicha, aktrisa bolaligidan boshlovchilikka qiziqqan. Biroq uning sog`lig`i ko`tarmasa yoki takliflar uzoq viloyatlardan bo`lsa, aktrisani juda katta miqdordagi pul evaziga ham boshlovchilikka ko`ndirib bo`lmaydi. Dilnoza Kubaeva to`ylarda 500-1000$ evaziga boshlovchilik qiladi.

Boshqa yangiliklar