Muddati o`tgan kosmetik vositalarda inson hayoti uchun xavfli bo`lgan bakteriyalar yashaydi, deb xabar berdi “Mail.ru” nashri.
Eski va muddati o`tgan kosmetik vositalardan foydalangan ayol sog`ligini xavf ostiga qo`yadi. Kosmetik vosita tarkibidagi kasallik chaqiruvchi bakteriyalar qonning zaharlanishiga, ba`zi bir a`zolarga infeksiya tushishiga, gastroenteritga va hattoki meningit kasalligining kelib chiqishiga sabab bo`lishi mumkin.
Ba`zi bir so`rovnomalarga ko`ra, ayollar bitta kosmetik vositadan besh yilgacha ham foydalanar ekan. Har bir kosmetik vositaning o`z amal qilish muddati mavjud.
Kosmetik vositalar tekshirib ko`rilganda, meningit kasalligiga sabab bo`luvchi Enterococcus faecalis bakteriyasi, vaginoz kasalligini chaqiruvchi Eubacterium bakteriyasi, gastroentirit va yuqumli kasalliklar qo`zg`atuvchi Enterobacter bakteriyalari, bundan tashqari unda nafas yo`llari va teri kasalliklariga sabab bo`luvchi boshqa bakteriyalar mavjudligi ham aniqlangan.
Tadqiqotchilarning fikricha, kosmetik vositalardan bir yildan ortiq foydalanmaslik lozim.





