"Real Madrid" jamoasining sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino Ispaniyada soliq qonunlarini buzganligi uchun moliya vazirligi tomonidan 2 million evro miqdorida jarimaga tortildi. Bu haqda OK Diario nashri xabar bermoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, portugaliyalik mutaxassis 1 million evro miqdorida jarima tortilgan edi. Soliqlarni vaqtida to`lamagani uchun unga yana 300 ming evro qo`shildi. Shuningdek, u qonunga bo`ysunmaganligi uchun 700 ming evro to`laydi.
Ma`lumot uchun, 53 yoshli murabbiy 2010-2013 yillarda "Real"ni boshqarib, Ispaniya kubogi, mamlakat chempioni Ispaniya superkubogida g`olib bo`lgan.





