Singapurdagi Changi aeroportida kecha-yu kunduz ishlaydigan dunyodagi birinchi Hello Kitty kafesi ochildi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.
Mazkur kafe butun dunyoga mashhur Hello Kitty brendiga bag`ishlangan.

Kafe “Hello Kitty orxideyalar bog`i” deb ataldi. Orxideya guli Singapurning milliy guli hisoblanadi.
Kafeda nafaqat taom tanovvul qilish, balki brendga tegishli boshqa mahsulotlarni xarid qilish ham mumkin.





