Energetika vazirligi huzuridagi “O`zenergoinspeksiya” tomonidan tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari yuzasidan doimiy ravishda tekshiruvlar o`tkazib borilmoqda. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xususan, joriy yilning o`tgan davrida ayrim “tadbirkorlik sub`ektlari” tomonidan 9 mlrd 504 mln so`m miqdorida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Ushbu hajmdagi elektr energiyasi 107 ming aholi iste`molchining 1 oylik iste`molini tashkil qiladi.
O`tkazilgan tekshirish hujjatlari qonun doirasida chora kurilishi uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlariga yuborilgan.
“O`zenergoinspeksiya” tomonidan ko`rsatib o`tilgan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.






