AsosiyJamiyat

Farg`onada fuqarolar asossiz qamoqqa olingani rostmi? Holat yuzasidan ma`lumot berildi

'Farg`onada fuqarolar asossiz qamoqqa olingani rostmi? Holat yuzasidan ma`lumot berildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Xorlangan ona yoxud…» sarlavhasi ostida O.S. va boshqalar asossiz qamoqqa olinganligi haqida videoyozuv chiqarilgan.

Furqat tumani prokuraturasi tomonidan O.S., O.B. va B.O.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko`rsatish) bilan qo`zg`atilgan jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borildi.

Tergov davomida O.S., O.B. va B.O.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi bilan ayb e`lon qilinib, sud ajrimi bilan O.S. va O.B.larga “qamoq” hamda B.O.ga “garov” ehtiyot chorasi qo`llanilgan hamda jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sudga yuborilgan.

    Boshqa yangiliklar