19 noyabr kuni Toshkent viloyati Qibray tumani “May” M.F.Y. hududida “Spark” rusumli avtomobil haydovchisi YPX xodimlarini ko`rib ortga qayrilib olganligini payqashgan va shubxali haydovchining ortidan kuzatib borishgan. Holat yuzasidan YHXB ma`lumot berdi.
Planshet moslamasi yordamidagi tekshiruv davomida mazkur avtomobil bilan bog`liq bo`lgan 6 million so`mdan ortiq qarzdorlik mavjudligi aniqlangan. Xodimlar maxsus vositalar orqali haydovchidan avtomobilni to`xtatishini so`rashgan.
Haydovchi to`xtaganidan so`ng xolis va guvohlar ishtirokidagi tekshiruv davomida, haydovchi, 1965 yilda tug`ilgan T.N. boshqaruvidagi avtomobilning salon qismidan 5 dona gugurt qutisiga solingan yashil rangli, o`tkir hidli, quritilgan giyohvandlik vositasiga o`xshash modda topilgan. Shundan so`ng, haydovchi va topilgan modda Qibray tumani IIBga topshirilgan.
Holat yuzasidan o`tkazilgan sudga oid ekspertiza natijasiga ko`ra, topilgan modda og`irligi 125 grammga tengligi, ushbu modda “marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi aniqlangan.






