AsosiySport

“Charm to`p” an`anaviy futbol musobaqasining final bahslari Namanganda start oldi

'“Charm to`p” an`anaviy futbol musobaqasining final bahslari Namanganda start oldi'ning rasmi

An`anaviy tarzda har yili mahalla yoshlari o`rtasida o`tkazib kelinayotgan “Charm to`p” futbol musobaqalarining hududiy saralash bosqichlari o`z yakuniga etib, har bir viloyatda eng kuchli deb topilgan jamoalar respublika bosqichiga yo`l olishdi.

Final bahslariga bu gal Namangan viloyati mezbonlik qilmoqda va bugun musobaqaning ochilish marosimi tashkil etildi.

 Marosimda ishtirokchilarni O`zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi ommaviy sportni rivojlantirish boshqarmasi boshlig`i Zarina Abdullaeva, viloyat hokimi o`rinbosari Botir Nuritdinov va mutasaddi tashkilotchilar qutlashdi hamda final bahslarida sportchilarga omad tilashdi.

    Boshqa yangiliklar