AsosiyJinoyat

Jizzaxda mahkum tanishini pichoqlab qo`ydi, so`ng o`zini o`ldirdi

'Jizzaxda mahkum tanishini pichoqlab qo`ydi, so`ng o`zini o`ldirdi'ning rasmi

Jabrlanuvchi shifoxonaning jonlantirish bo`limiga yotqizilgan. Ammo jinoyatchi dunyodan ko`z yumgan.

Jizzax viloyati IIB axborot xizmatiga tayanib Zamon.uzning xabar berishicha, joriy yilning 17 noyabr kuni soat 15:00 atrofida Jizzax viloyati Zafarobod tumanida joylashgan 30-sonli manzilli koloniyada jazo muddatini o`tayotgan mahkum o`z joyini tashlab ketgan va Baxmal tumani hududida joniga qasd qilgan.

Ma`lum qilinishicha, shu kuni soat 22:00 lar atrofida o`zi yashagan Baxmal tumanidagi qishloq vrachlik punktiga borib, qo`shinisining o`ng qo`l kafti va qorin qismiga oshxona pichog`i bilan bir necha marta jaroxat etkazib, voqea joyidan qochib ketgan.

Qayd etilishicha, jabrlanuvchi qorin bo`shlig`iga o`tkir tig`li jism bilan sanchilib kirgan jaroxati tashxisi bilan shifoxonaning jonlantirish bo`limiga yotqizilgan.

Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxsning jasadi esa 18 noyabr kuni soat 00:30 larda Baxmal tuman hududidagi "Chorshanba" dehqon bozorida joylashgan savdo do`koni ayvoniga arqon bilan osilgan holdagi jasadi topilgan.

    Boshqa yangiliklar