AsosiyJamiyat

BMTning Inson huquqlari bo`yicha kengashi raisi o`rinbosari lavozimiga ilk bor o`zbek yigiti saylandi 

'BMTning Inson huquqlari bo`yicha kengashi raisi o`rinbosari lavozimiga ilk bor o`zbek yigiti saylandi 'ning rasmi

 O`zbekiston respublikasi o`z tarixida ilk bor BMT inson huquqlari bo`yicha kengashi (IHK) byurosi faoliyatida ishtirok etadi. Sababi O`zbekistonning Jenevadagi doimiy vakili BMT inson huquqlari bo`yicha kengashi raisining o`rinbosari etib saylandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi ma`lum qildi.

 "Osiyo-tinch okeani mintaqaviy guruhiga a`zo davlatlar o`zbekistonning Jeneva shahridagi BMT bo`linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili nomzodini 2022 yil uchun BMT inson huquqlari bo`yicha kengashi raisining o`rinbosari lavozimiga bir ovozdan qo`llab-quvvatladi",-deya ta`kidlab o`tadi vazirlik.

 Qayd etilishicha, BMT inson huquqlari bo`yicha kengashi byurosi tarkibi ihk raisi hamda uning turli geografik guruhlardan saylangan to`rtta o`rinbosaridan tashkil topgan. 

Ma`lumot uchun, O`zbekistonning doimiy vakili nomzodi ko`rsatilgan Osiyo-tinch okeani mintaqasi BMT IHK tizimidagi eng yiriklardan biri hisoblanadi. Guruhda 56 ta davlat bor.

    Boshqa yangiliklar