Qozog`iston prezidenti Nursulton Nazarboev 15 aprel kuni O`zbekistonda tashrif bilan bo`ladi. Bu haqda Qozog`iston prezidenti matbuot xizmati ma`lum qildi.
Xabar berishlaricha, Nazarboev tashrif davomida O`zbekiston Prezidenti Islom Karimov bilan uchrashadi.
“Muzokaralar davomida davlat rahbarlari O`zbekiston va Qozog`iston o`rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning asosiy jihatlarini muhokama qilishi kutilmoqda”, — deyiladi rasmiy axborotda.





