Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning 1 aprel holatiga respublikamizda 250 219 bosh otlar mavjud. Bu o`tgan yilning mos davriga nisbatan o`sish sur`ati 103,3 % ga teng.
Jami otlarning 46 493 tasi fermer xo`jaliklari, 192 787 tasi dehqon xo`jaliklari va 10 939 tasi qishloq xo`jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga to`g`ri keladi.
Hududlar kesimida otlar soni:
- Qoraqalpog`iston R. – 25756
- Andijon – 6653
- Buxoro – 6410
- Jizzax – 29288
- Qashqadaryo – 32268
- Navoiy – 19110
- Namangan – 6696
- Samarqand – 26420
- Surxondaryo – 14955
- Sirdaryo – 14955
- Toshkent – 52995
- Farg`ona – 9619
- Xorazm – 5635