Xonanda Shahzoda o`zining Instagram`dagi sahifasida muxlislarini aldanib qolmaslik haqida ogohlantirdi.
Uning ma`lum qilishicha, noma`lum shaxslar xonanda Shahzodaning 2016 yil 27 avgust kuni Germaniyaning Gamburg shahrida konsert berishi haqidagi yolg`on ma`lumotlarni tarqatmoqda.
Shahzoda ijtimoiy tarmoqqa quyidagi suratni joylab, “Bu yolg`on xabar” deya izoh qoldirdi.






