Aktrisa Dilnoza Kubaeva “Darakchi” muxbiri bilan suhbatda so`nggi paytlarda filmlarda juda kam suratga tushayotgani sabablari haqida gapirdi.
“Keyingi paytlarda menga arzirli ssenariy kelmayotgani uchun kinoga tushmayapman. Ssenariyni qo`liga olgan har qanday aktyor va aktrisa obrazidan qanoatlanishi, tomoshabinga nimadir berishini his etishi, muxlisni vaqti ketgani uchun achinmaydigan darajadagi obraz bo`lishi, ijrochi uchun esa, esda qolarli bo`lishi kerak. Shundagina, u rolini ijro etishga kirishgani ma`qul. Tan olib aytish kerak, men rol tanlayman! Ssenariyni o`qib ta`sirlanmasam rad etaman!”,-deydi aktrisa.
-Keyingi paytda qaysi aktrisaning ijodidan qoniqyapsiz?
- Sevara Solieva. Yuragi bor aktrisa. Ammo, rejissyorlarimiz undan foydalanishmayapti! Nargiza Salmonova ham Sevara kabi professional aktrisa ekanligini isbotlamokda. Dilnoza Umarova degan qiz bor “O`gay ona” va “Erkatoy” kabi filmlar orqali tanish. Ming afsus, ko`plab rejissyorlarimiz shu qizlarni ijrosidan foydalanishmayapti. Ko`plab rejissyorlarni gapi bir “Ma`quli yo`q!”, ammo borlarini qadrlashmayapti.
Yodgorbek YuKSAL





