AsosiySport

O`zbekiston FIFA reytingida 71-o`rinda bormoqda

FIFA rasmiy sayti terma jamoalarning yanvar oyi uchun reytingini e`lon qildi.

O`zbekiston ushbu reytingda o`tgan oydagidan ikki pog`onaga yuqorilab, 71-o`ringa ko`tarilib oldi. Hozirgi vaqtda O`zbekiston milliy terma jamoasi hisobida 502 ochko mavjud.

Osiyo mamlakatlari orasida esa O`zbekiston bir pog`ona pastladi va 7-o`ringa tushdi. Chunki Saudiya Arabistoni terma jamoasi o`tgan oydagidan 20 pog`ona yuqorilab, 75-o`rindandan 55ga chiqib oldi.

Osiyo davlatlari ichida hamon Eron birinchi o`rinni egallab turibdi. O`zbekistongacha bo`lgan keyingi o`rinlarni Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Yaponiya, BAA va Avstraliya egallab turibdi.

Belgiya terma jamoasi hamon FIFA reytingida peshqadam bo`lib turibdi.Kuchli uchlikdan, shuningdek, Argentina hamda Ispaniya terma jamoalari joy olgan. Amaldagi Jahon chempioni — Germaniya esa to`rtinchi pog`onada bormoqda.

 

 

    Boshqa yangiliklar