“Atletiko” jamoasidan ketib, Xitoyning “Guanchjou Evergrand” klubi bilan shartnoma tuzgan hujumchi Jekson Martines eng ko`p maosh oluvchi futbolchilar ro`yxatidan joy oldi.
Martines xitoyliklar safida yiliga 12,5 million evro miqdorida maosh oladi. Jekson bu borada Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi, Zlatan Ibragimovich hamda Tomas Myullerdan keyingi o`rinda turadi.
Eslatib o`tamiz, Jekson Martines transferini Xitoy klubi 42 million evro evaziga sotib olgandi.





