1 fevral kuni Toshkent shahridagi “Kamolon” ko`prigi yaqinida qora rangdagi Epica avtomobili yonib ketgani haqida xabar bergan edik.
Mazkur yong`in aks etgan videotasvir ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalib ketdi. Aksariyat internet foydalanuvchilari avtomobilning yonib ketishiga unga o`rnatilgan gaz ballonidan gaz sizib chiqishi sabab bo`lgani haqidagi taxminlarni ilgari surgan edi.
“Darakchi” mobil muxbiri Erkin Gaipov avtomobil egasining tanishi bilan bog`lanib, voqea tafsilotlariga oydinlik kiritdi. Unga ko`ra, Epica`ning yonib ketishiga Start/stop tugmasining noto`g`ri ishlashi oqibatida kelib chiqqan qisqa tutashuv sabab bo`lgan.


Mobil muxbirimizning ma`lum qilishicha, u shuningdek, yonayotgan paytda ko`p odam to`plangani o`t o`chiruvchilarning avtomobilga yaqinlashishga xalaqit berganligini ham aytib o`tgan.






