"O`zbeknavo" estrada birlashmasi xonandalar Jasur Umirov, Oybek va Nigora hamda Umidaxonni nima sababdan ogohlantirgani ma`lum bo`ldi. Bu haqda birlashmaning Maxsus ruxsatnoma (lisenziya) beruvchi tashkiliy boshqarmasi boshlig`i Odiljon Abduqahhorov "Daryo" muxbiriga ma`lum qildi.
"Jasur Umirov, Oybek va Nigora, Umidaxon va boshqa xonandalarga ogohlantirishlar san`atkorlar uchun o`tkazilgan ma`naviyat darslariga kelmaganligi sababidan berilgan", — deydi Odiljon Abduqahhorov.
"Bir narsani alohida takidlab o`tishim kerak — bu san`atkorlar tadbirlarda muntazam qatnashgan, tarbiyasi, axloqi ham yaxshi, ammo ma`naviyat darslariga kelmagani uchun ogohlantirildi", — dedi «O`zbeknavo» vakili.





