AsosiyDunyo

Boliviyada avtobus ag`darilib ketishi oqibatida 8 kishi halok bo`ldi

Boliviyaning g`arbida avtobusning ag`darilib ketishi oqibatida 8 kishi halok bo`ldi. Ular orasida o`n yoshli chaqaloq ham bo`lgan, deb xabar beradi “TASS”. 

Yo`l-transport hodisasi Potosi va Ororu departamentlari oralig`idagi shosseda yuz berdi. Hozirda voqea tafsilotlariga huquqni muhofaza qiluvchi idoralar aniqlik kiritmoqda.

Xabarda keltirilishicha, amaldagi soliq tizimidan norozi bo`lib, yo`lni to`sib qo`ygan transport kompaniyalarining namoyishi oqibatida, avtobus haydovchisi doimiy yo`nalishini o`zgartirganligi sababli, ag`darilib ketgan bo`lishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar