Somali poytaxti Mogadisho shahri aeroportidan parvoz qilgan A321 samolyoti bortida portlash yuz berdi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.
Portlash oqibatida samolyotning bron qoplamasi teshilgan.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, bir kishi halok bo`lgan, yana ikki kishi jarohatlangan.
Samolyot portlash sodir bo`lgan paytda endigina yuqorilayotgan edi. Shuning uchun samolyot uchuvchisi tezda avariyaviy qo`nishni amalga oshirgan va havo layneri saloni jiddiy zarar ko`rmagan. Taxminlarga ko`ra, portlovchi moslamani samolyot bortiga yo`lovchilardan biri olib chiqqan.
Ma`lumotlarga ko`ra, samolyot bortida 74 kishi bo`lgan. Hozirda ularning hammasi evakuasiya qilingan.





