Buyuk Britaniyalik olimlar yaqin besh yil ichida sayyoramizda havo harorati keskin oshishini bashorat qilmoqda, deya xabar beradi The Guardian.
Tadqiqotchilarning fikricha, bunday jarayonga Tinch okeanning ekvatorial qismidagi suv qatlamida haroratning tebranishi sabab bo`ladi.
Ular 2016 yil metereologik kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yil bo`lishini, havo harorati yildan-yilga oshishini ta`kidlashmoqda.
Ular berayotgan ma`lumotlar yanada aniqroq bo`lishi uchun tadqiqotlarni to`xtamay, chuqur izlanishlar bilan olib boriladi.





