Rim Papasi Fransisk oilaviy tomosha qilish uchun mo`ljallangan o`zi haqida suratga olinayotgan “Quyoshning narigi tomonida” nomli sarguzasht filmda suratga tushadi.
Kartina italiyalik kinochilar tomonidan yaratiladi. Filmning vazifasi Iso Masihning erga yuborgan maktubini bolalarga etkazishdan iboratdir, deya xabar beradi Variety.
Ushbu filmni suratga olinishida Rim Papasining o`zi tashabbus ko`rsatdi. Undagi havoriylar (apostollar) rolini bolalar ijro etishadi. Film prokatidan tushgan pullar xayriya ishlariga sarflanishi rejalashtirilgan.





