AsosiyDunyo

Tailandda ob-havoning keskin sovishi 14 kishining umriga zomin bo`ldi

Tailandda ob-havoning keskin sovib ketishi oqibatida hafta boshidan beri o`n to`rt kishi halok bo`ldi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

 Ma`lumotlarga ko`ra, bugun 12 kishining jonsiz tanasi topilgan bo`lsa, dushanba kuni ikki kishining vafot etgani haqida ma`lumot berilgan edi.

Vafot etganlarning aksariyati-shimoliy va shimoliy-sharqiy provinsiyalar aholisi. Ma`lumotlarga ko`ra, ular nafas olish a`zolarining surunkali kasalliklari bilan og`rigan, ayrimlar esa o`limidan oldin spirtli ichimliklar iste`mol qilgan.

Tailandda ob-havoning keskin sovib ketishi 24 yanvar, yakshanba kuni qayd etilgan edi.

    Boshqa yangiliklar