AsosiySport

Italiya futbolida navbatdagi janjal avjida

Mamlakatning etakchi menejerlariga nisbatan tergov ishlari boshlab yuborildi. Ular soliq to`lamaganlikda hamda moliyaviy hujjatlarni yashirganlikda ayblanmoqda.

Gumon qilinayotganlar qatorida 35 ta klub va 100 dan ortiq shaxs bor. Ular orasida “Milan” bosh menejeri Adriano Galliani, “Napoli” prezidenti Aurelio De Laurentis, shuningdek “Lasio” prezident Klaudio Lotito, “Yuventus” sobiq direktori Jan Klod Blan, “Napoli”  eks-futbolchisi Esekel Lavessi, Argentina termasi sobiq o`yinchisi Ernan Krespo hamda mashhur agent Alessandro Modjilar bor.

Seshanba kuni tongda “Milan” shtab-kvartirasida qidiruv o`tkazildi. Tergov ishi doirasida Italiya polisiyasi € 12 millionlik aktivlarni blokka tushirdi.

Gumondorlar ro`yhatiga “Palermo”, “Jenoa”, “Fiorentina” egalari, “Atalanta” o`yinchilari Xerman Denis va Gabriel Paletta, “Milan” yarim himoyachisi Antonio Nocherino qo`shildi.

 

    Boshqa yangiliklar