AsosiyShou-biznes

OAVlar Valeriya vafot etgani haqida xabar tarqatdi

Kecha aksariyat internet OAV nashrlarida Rossiyalik mashhur qo`shiqchi Valeriya va uning turmush o`rtog`i Iosif Prigojin halokatga uchragani oqibatida vafot etgani haqida xabar tarqaldi.

Ushbu dahshatli va keyin aniqlanishicha yolg`on xabarlar Ukraina OAVlari tomonidan tarqatilgan bo`lib chiqdi.

Tarqatilgan ma`lumotlarga ko`ra, ular Smolensk trassasi yaqinida gastrolga ketayotganda YTH sodir bo`lgan, buning oqibatida Iosif tomonidan boshqarilayotgan avtomobil qarama-qarshi yo`lga chiqib ketgan va KaMAZ bilan to`qnashgan. Valeriya voqea joyida halok bo`lgan, Prigojin esa yomon ahvolda jonlantirish bo`limiga yotqizilgan.

Valeriyaning muxlislari uning vafot etgani haqidagi xabarni eshitib, vahimaga tushdi, ammo uni bilgan aksariyat yaqinlari bu erda boshqa gap borligini payqashdi, sababi Valeriya ayni damda Londonda konsertga tayyorgarlik ko`rayotgan bo`lgan.

Valeriyaning Instagramdagi so`nggi surati ostida halokat yuzasidan bir talay savollar yog`ildi, ammo Valeriya Ukraina OAVlariga ishonmaslikka chaqirdi.

 

    Boshqa yangiliklar