Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 27 yanvar kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`adi. Kechqurun yomg`ir qorga aylanishi mumkin. G`arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esayotgan shamolning tezligi kuchayib, sekundiga 12-17 metrgacha etishi mumkin. Kechasi va kunduzi 5-7 daraja iliq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, ayrim tumanlarda biroz qor yog`ib, tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha etishi mumkin. Kechasi 5-10 daraja sovuq, Ustyurtda 13 darajagacha sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir va qor yog`adi. Ayrim joylarda tuman tushadi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha etishi mumkin. Kechasi va kunduzi 3-8 daraja iliq bo`ladi. Navoiy viloyatining shimolida kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Ba`zi tumanlarda yomg`ir qorga aylanishi mumkin. Ayrim joylarda tuman tushadi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha etishi mumkin. Kechasi va kunduzi 3-8 daraja iliq bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Ba`zi tumanlarda yomg`ir qorga aylanishi mumkin. Ayrim joylarda tuman tushadi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha etishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`adi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha etishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 3-8 daraja iliq bo`ladi.
Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir va qor yog`adi. Qor ko`chishi xavfi bor. Ayrim joylarda tuman tushadi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha etishi mumkin. Kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi.





