Toshkentda uch avtobus ishtirokida yo`l-transport hodisasi yuz bergani to`g`risidagi xabarga "Toshshahartransxizmat" oydinlik kiritdi.“UZ24”ning «Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik kompaniyasiga asoslanib xabar berishicha, hodisa uch avtobus emas, balki Isuzu avtobusi va «Gazel» rusumli mikroavtobus ishtirokida yuz bergan.
«Toshshahartransxizmat» vakilining ma`lum qilishicha, 81-yo`nalish bo`ylab harakatlanayotgan Isuzu avtobusi hamda 193-yo`nalish bo`ylab harakatlanayotgan yo`nalishli taksi o`rtasida yuz bergan avariya oqibatida, ko`prik ustida tirbandlik yuzaga kelgan va avtobuslar o`tib ketolmay qolgan.
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. «Toshshahartransxizmat»dan ma`lum qilishlaricha, hodisa aybdorlari qat`iy jazolanadi.





