BAAning “Al Jazira” hamda Qatarning “Al Sadd” jamoalari o`rtasidagi uchrashuvni FIFA hakami Ravshan Ermatov boshqarib boradi, deb yozadi “Olamsport” nashri.
Unga qanotlarda Abdulhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishadi. To`rtinchi hakam Sherzod Qosimov.
Osiyo chempionlar ligasining pley-off bosqichidagi o`rin olgan ushbu o`yin 9 fevral kuni bo`lib o`tadi. “Al Sadd” tarkibida ispaniyalik mashhur futbolchi Xavi to`p suradi. Ushbu juftlik g`olibi OChL guruh bosqichida “Paxtakor” bilan birga “C” guruhidan o`rin oladi.





