AsosiyJamiyat

O`zbekistonda ham SIM-kartani uydan chiqmasdan almashtirish imkoniyati paydo bo`ldi

Beeline aloqa operatori “Zaxiradagi SIM-karta” xizmati ishga tushgani haqida xabar berdi.

Kompaniya ofislarida yangi servisni yoqtirib, abonentlar SIM-kartani masofadan – uydan yoki ofisdan chiqmasdan, shunchaki telefon yohud chat orqali kompaniya operatorlariga murojaat qilgan holda almashtirishlari mumkin.

SIM-kartani almashtirish uchun Beeline‘ning mijozlarga xizmat ko`rsatish xizmatiga 0611, 0777 raqamlaridan biriga qo`ng`iroq qilgan holda yoki “Onlayn-maslahatchi” http://0611.beeline.uz chati orqali zaxiradagi SIM-kartaning seriya raqamining oxirgi 11 ta raqamini aytish lozim.

“Zaxiradagi SIM-karta” xizmatini O`zbekistonning butun hududida joylashgan Beeline‘ning xususiy ofislarida yoqtirish mumkin. Xizmatni yoqtirish narxi – $1. Zahiradagi SIM-kartaning amal qilish muddati – 3 yil.

    Boshqa yangiliklar