O`zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Sanjar Tursunovning Ukrainaning “Vorskla” klubidagi faoliyati yakunlandi. Tursunovga Qatar klublaridan biri rad qilib bo`lmas taklif bilan chiqdi va futbolchi bu taklifni qabul qildi, deb yozadi “Olamsport” nashri.
Hozircha aynan qaysi Qatar klubi yarim himoyachimizni o`z safiga qo`shib olishi ma`lum emas. “Vorskla” va futbolchi o`rtasidagi shartnomaga ko`ra, agar boshqa xorij jamoalaridan yaxshi taklif tushsa, Ukraina klubi Sanjarni qo`yib yuborishi kerak edi.
Ma`lumot uchun, Tursunov “Vorskla” safida 61ta o`yinda maydonga tushib, 10ta gol urdi va 9ta golli pas berdi. “Vorskla” futbol klubi Sanjar Tursunovga minnatdorchilik bildiradi va keyingi faoliyatida omad tilaydi, deb yoziladi Poltava klubi rasmiy saytida





