Xitoy poytaxti hukumati 2020 yilga borib aholi sonini 23 million kishidan oshib ketmasligiga ishonch bildirmoqda.
O`tgan yilning boshida Pekin meri Van Anshun shahar hukumati megapolis aholisi soni o`sishini chegaralamoqchiligini ma`lum qilgan.
Sinxua agentligi xabariga ko`ra, hukumatning asosiy maqsadi fuqarolarni shahar markazidan uning chekkalariga ko`chirishdir. Agentlik manbalarining ma`lumotlariga ko`ra, chegaralash shaharning resurs manbalari imkoniyatidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
2015 yilda Pekinda doimiy yashovchilar soni 21,7 million kishiga etgan. 2016 yilda shahar aholisini 22 million kishigacha saqlab qolish ko`zda tutilgan.
Bundan tashqari 2016 yilda Pekin hukumati megapolisldan tashqariga 300 ga yaqin kompaniyani chiqarib tashlamoqchi. Shuningdek Pekin hukumati 2017 yilga borib Tunchjou shahri ma`muriy organlarini ko`chirishini ham rejalashtirgan.





