AsosiySport

Italiya klubi o`zbekistonlik futbolchiga qiziqish bildirdi

O`zbekiston terma jamoasi va “Lokomotiv” futbol klubi himoyachisi Vitaliy Denisov Italiyaning “Lasio” klubiga o`tishi mumkin, deb xabar beradi “R-Sport” nashri.

Avvalroq OAVda Denisovga Turkiyaning “Trabzonspor” jamoasi tomonidan qizqiish bildirilgani to`g`risida ma`lumotlar berilgan edi.

Nashrning xabar berishicha, “Trabzonspor” haqiqatdan ham Denisovni sotib olish istagini bildirgan, ammo futbolchi uchun kurashga “Lasio” jamoasi ham qo`shilgan.

Hozirda Italiya klubi “Lokomotiv” rahbariyati bilan futbolchini sotib olish borasida muzokaralar o`tkazmoqda. 

    Boshqa yangiliklar