O`zbekiston Ekologik harakati Toshkent shahar hududiy bo`linmasi tomonidan Yashnobod tumani “Behizor” mahalla fuqarolar yig`ini bilan hamkorlikda 2015 yilda dunyoning eng yaxshi hakami deb topilgan Ravshan Ermatov bilan mahalla aholisi o`rtasida uchrashuv tashkil qilindi, deb xabar beradi UzReport agentligi.
Tadbirda O`zbekiston ekologik harakati xodimlari, mahalla faollari, Yashnobod tumanidagi 230 va 198-maktab o`quvchilari, sport ixlosmandlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashishdi.
Unda Osiyoning 5 karra eng yaxshi hakami Ravshan Ermatov so`zga chiqib, o`zining bosib o`tgan hayot yo`li va sportga kirib kelgan kunidan boshlab mamlakatimizda futbol sohasida qo`lga kiritilgan yutuqlar, hakamlik maktabini yaratish bo`yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar borasida so`zlab berdi.
Uchrashuv davomida Yashnobod tumanidagi maktab o`quvchilari va mahalla faollari Ermatovga o`zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va batafsil javoblarga ega bo`lishdi.





