AsosiyShou-biznes

Alisher Navoiy kinosaroyida faqat “Baron” namoyish etilmoqda

“Baron” kinofilmi hali ekranlarga chiqmasidanoq tomoshabinlarda katta qiziqish uyg`otgan edi. O`zbek kino san`ati tarixida eng yirik byudjetli hisoblangan ushbu film namoyishi anshlag tarzda o`tmoqda.

“Darakchi.uz” sayti muxbirining ma`lumot berishicha, tomoshabinlarning talab va istaklariga binoan 21 yanvardan e`tiboran  Alisher Navoiy nomli kinosaroyning barcha o`nta zalida faqat “Baron” filmi namoyish etilmoqda. Kinosaroy xodimlari bunday voqea kinosaroy tarixida bo`lmaganini ham alohida ta`kdlab o`tgan. Kassa xodimlari kecha 23 yanvar kuni “Baron” filmi uchun 4,5 mingta chipta sotilganini aytdi.

“Baron” filmi shuningdek, “G`uncha”, “Parus”, “Kinochilar uyi”, “Megaplanet”, “Prem`er xoll” kabi kinosaroylarda ham namoyish etilmoqda.

Ma`lumot uchun, “Baron” kinofilmida hozirgi kunda nafaqat yurtimizda, balki butun dunyoda global muammoga aylangan asr vabosi-giyohvandlik illatining salbiy oqibatlari, narkobiznes vakillari hayot tarzi va faoliyati, daromad orttirish ilinjida narkotik savdosi bilan shug`ullanayotgan kimsalarning minglab oamlar yostig`ini quritayotgani va oxir-oqibat bu yo`lning oxiri voy ekanligi mahorat bilan ochib berilgan.

Filmda bosh rollarni Javohir Zokirov, Ulug`bek Qodirov, Shahlo Temirova, Dilnoza Kubaeva, Jamila G`ofurova,Iso To`raev, Muhammadiso Abdulxairov, Ra`no Shodieva, Dilorom Egamberdieva, rossiyalik kinoaktyorlar Farhod Mahmudov, Adrey Smolyakov, Viktor Verjbiskiy, Andrey Priluchny, Gollivud aktyori Gassan Massud ijro etishgan. Film voqealari O`zbekiston, Afg`oniston, Rossiya va Tojikistonda bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar