Xonanda Shahzodaning Instagramdagi sahifasida muxlislar yozib qoldirgan izohlar e`tiborimizni tortdi.
Xonandaning bir muxlisi tushidagi Shahzoda bilan sodir bo`lgan voqeadan qo`rqib uyg`onib ketganini yozgan.
“Salom Shahzoda opa! Bugun tushimda sizning vafot etganingizni ko`ribman, tushimda endi sizsiz nima qilaman deb yig`labman! Dahshatli tush! Uyg`ongach esa umringiz uzoq bo`lishini tushunib etdim!”
Yana bir ashaddiy muxlis esa Shahzodaning konsertini ko`rib, bir haftalik quvvat olishini yozib qoldirgan.
“Bugun 10 marta konsert dasturingizni ko`rdim, har gal konsertingizni ko`rib, bir haftaga etadigan quvvat olaman. Ijodingizning 15 yilligiga bag`ishlangan konsert dasturingiz juda ajoyib, siz eng zo`rsiz! Men 17 yoshimdan qo`shiqlaringizni tinglayman, klip va filmlaringizni ko`raman. Baxt hamroh bo`lsin!”





