AsosiyJamiyat

Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimida yangi rahbarlar tayinlandi

21 yanvar kuni Madaniyat va sport ishlari vazirligi markaziy apparatida 2016 yilda madaniyat va sport sohalarida olib borilayotgan ishlarni yanada takomillashtirishga bag`ishlangan yig`ilish o`tkazildi. Bu haqda vazirlik rasmiy saytida xabar berildi.

Yig`ilish davomida ishtirokchilariga Madaniyat va sport ishlari vazirligining Kadrlar boshqarmasi boshlig`i lavozimiga mazkur boshqarma boshlig`i o`rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Yunusov Mirjamol Mirjalilovich;

Ishlar boshqarmasi boshlig`i lavozimiga Karimov Avazjon Qudratillaevich; 

Xalqaro aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig`i lavozimiga shu kunga qadar mazkur boshqarmada boshliq o`rinbosari bo`lib ishlab kelayotgan Akbarov Shohruh Dilshatovich;

Kadrlar boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari lavozimiga Xalxodjaev Jasur Baxtiyarovich tayinlanganligi to`g`risidagi buyruqlari tanishtirildi.

    Boshqa yangiliklar