CLICK tizimi o`z foydalanuvchilarini profilaktik ishlar o`tkazilishi munosabati bilan tizimda kuzatiluvchi uzilishlardan ogohlantirdi. Bu haqda tizim saytida xabar berildi.
“Profilaktik ishlar o`tkazilishi munosabati bilan 22 yanvar 23:00 dan 23 yanvar 07:00gacha, 23 yanvar 23:00 dan 24 yanvar 07:00 gacha CLICK tizimi vaqtincha ishlamasligi mumkin”, – deyiladi xabarda.
CLICK tizimiga 2011 yilning noyabr oyida asos solingan. Mazkur tizim orqali jismoniy shaxslar uyali telefon vositasida to`lovlarni amalga oshirishi mumkin.





